Muddatli harbiy xizmatchilar bilan psixologik treninglar oʻtkazilmoqda

0
1114

Samarqand, Jizzax, Kattaqoʻrgʻon hamda Navoiy garnizonlarida muddatli harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy holatlarini oʻrganish, ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish va ular oʻrtasida jipslikni oshirish maqsadida yigʻinlar oʻtkazilmoqda.

Yigʻinlar davomida Vatanimizdagi bugungi tinch va osuda hayot, farovonlik xalqimizga mustaqillik tuhfa etgan aziz neʼmat ekani va uni asrab-avaylash har bir oʻgʻlonning burchi ekanligi chuqur singdirilmoqda.

Bundan tashqari, muddatli harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy holatlarini koʻtarinki holatga olib chiqish hamda ularning harbiy xizmatga boʻlgan ishtiyoqini yanada oshirish maqsadida harbiy psixologlar tomonidan turli psixologik treninglar tashkil etilyapti.

Shu bilan birga xizmat joyiga adaptatsion moslashuvini taʼminlash maqsadida muddatli harbiy xizmatchilarning ruhiy-emotsional holatini oʻrganishga qaratilgan psixodiagnostik test va soʻrovnomalar oʻtkazildi.

Muddatli harbiy xizmatchilarning dam olish kunlarini ham maroqli oʻtkazishi uchun ham alohida eʼtibor qaratilib, unda okrug qoʻmondonligining tashabbusi bilan taniqli soʻz ustalari hamda harbiy orkestrning konsert dasturlari namoyish etilmoqda.

Markaziy harbiy okrug mattbuot xizmati