“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” festivallari oʻtkazildi

0
1348

Mustaqillik – oliy qadriyat, ota-bobolarimizning ezgu intilishi roʻyobidir. Bu yil Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga 32 yil toʻladi. Aytish lozimki, har yili oʻziga xos anʼana va oʻziga xos ezgu gʻoya asosida keng nishonlanadigan ushbu kun yurtdoshlarimiz qalbida chin maʼnoda shukronalik hissini uygʻotadi.

Shu kabi ezgu maqsadlar yoʻlida Markaziy harbiy okrugning Jizzax hamda Samarqand garnizonidagi harbiy xizmatchilar “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida yurtdoshlarimizga xushkayfiyat ulashish orqali xalqimiz uchun eng ulugʻ va eng aziz bayram boʻlgan mustaqillik shukuhini keng targʻib etishga bel bogʻladi.

Jumladan, Samarqand tumanida oʻtkazilgan festivalda soʻzga chiqqan tuman hokimi Sirojiddin Usmonov yigʻilganlarni eng ulugʻ, eng aziz ayyom bilan qutlab, Qurolli Kuchlarimiz bugun nafaqat mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch hayoti va farovonligini taʼminlash bilan, balki yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ham munosib hissa qoʻshayotaganini taʼkidladi.

Shundan soʻng, festival doirasida harbiy orkestr jamoasining chiqishlari, harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi koʻrinishlari, faxriy qorovulning koʻrgazmali saf chiqishlari, qiziqarli sport musobaqalari namoyish etilgani barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Jizzax shahridagi Oʻrda ekologik bogʻida oʻtkazilgan festival ham Vatan tinchligini asrash, uning har qarich yerini koʻz qorachigʻidek himoya qilishni targʻib etgani jizzaxlik yurtdoshlarimizni birdek toʻlqinlantirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting