Xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etgan sportchilarimiz tantanali ravishda kutib olindi

0
513

Qatar poytaxti 7-14-may kunlari dzyudo boʻyicha navbatdagi Jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2 tadan kumush va bronza, jami 4 ta medal qoʻlga kiritdi. Qayd etish joizki, terma jamoamiz shu paytgacha hech bir Jahon chempionatida 4 ta medalga sazovor boʻlmagan edi. Oʻzbekiston terma jamosi tarkibida 52 kg vazn toifasida kurashgan Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi kichik serjant Diyora Keldiyorova kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Bugun, 16-mayga o‘tar kechasi musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilarimiz Toshkentga qaytib kelishdi.

Shuningdek, erta tongda Vengriyaning Seged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Jahon kubogi musobaqasida munosib ishtirok etgan eshkak eshuvchilarimiz ham yurtimizga qaytib kelishdi.

Quvonarlisi, Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi Qurolli Kuchlar xizmatchisi Artur Guliyev 200 metrga kanoeda eshkak eshish dasturida oltin medalni qoʻlga kiritgan edi.

Terma jamoa aʼzolarini Mudofaa vazirligi sport markazi vakillari, yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari, OAV va sport federatsiyalari vakillari hamda sportchilarning yaqinlari kutib olishdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting