“Amir Temur jangovar bayrogʻi” Samarqandda

0
1179

Avval xabar berganimidek, Markaziy harbiy okrug hududiga olib kelingan “Amir Temur jangovar bayrogʻi” Sohibqiron davlatining poytaxti, koʻhna va navqiron Samarqandda ham koʻtarinki kayfiyat bilan kutib olindi.

Samarqand viloyatining boshlanishi, yaʻni Bulungʻur tumanida boshlangan tantanalar Jomboy tumani, Samarqand shahri, Narpay va Paxtachi tumanlari orqali Navoiy viloyatiga kuzatib qoʻyildi.

Samarqand sharidagi Koʻksaroy maydonida oʻtkazilgan bayram marosimlarida viloyat hokimi, harbiy ma’muriy sektor rahbari Erkinjon Turdimov, okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Oybek Saidov barchani ushbu mukofot bilan tabrikladi.

Shuningdek, mukofotni qoʻlga kiritishdagi mashaqqat xususida toʻxtalib, uni olib qolish esa yanada ko‘proq mehnat talab etishi ta’kidlandi va buning uchun barchani bir bo‘lib harakat qilishga chorlashdi.

Viloyatning shahar va tumanlari boʻylab oʻtkazilgan tantanalar davomida yoshlar jangovar bayroq bilan faxrlanish bilan birga, oʻzlarida mardlik hamda jasorat tushunchalarini chuqur anglashishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati