
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik haftasi” doirasida Mirzo Ulug‘bek tumanidan deputatlikka nomzodlar bilan kursantlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda har bir partiyadan vakil chiqib o‘zlarining dasturlarini auditoriyaga tushuntirdi. Ekalogik partiyasi Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani kengashidan deputatlikka nomzod Iqbol Matkarimov o‘z dasturida tabiatni asrash borasida yangi loyihalari bilan tanishtirdi.
Tadbir davomida bu yilgi saylovning avvalgisidan farqi va qulayliklari haqida ma’lumotlar berildi.
Kursantlar saylov yuzasidan savollariga nomzodlardan to‘liq javob olishdi.
Shohsanam NIShONOVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: