Samarqandda “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻinini navbatdagi mavsumi boshlandi

0
1589

Samarqandda “Armiya — vatanparvarlik va jasorat maktabi” shiori ostidagi 10 kunlik “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻinining joriy yildagi ikkinchi mavsumi boshlandi va unga viloyatining turli hududlaridan muqim ish joyiga ega boʻlmagan hamda ichki ishlar nazoratida boʻlgan yana 100 nafar yoshlar jalb etildi.

Harbiy orkestr sadolari ostida tantanali ravishda kutib olingan yoshlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularga harbiy liboslar tarqatildi va oʻzining qiziqishiga qarab kasb-hunar boʻyicha guruhlarga ajratildi va yotoqxonalarga joylashtirildi.

Yigʻinning tantanali ochilish marosimida Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirok etib, yoshlarni tarbiyalashdagi ushbu yigʻining mazmun-mohiyati haqida soʻzladilar.

Tadbirda yoshlar qalbida milliy ruh, ona Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuygʻusini har tomonlama kuchaytirish maqsadida namoyish etilgani turli sahna koʻrinishlari hamda konsert dasturlari esa yig‘ilganlarga chin maʼnoda xush kayfiyat ulashdi.

Endilikda yigʻin doirasida ishtirokchilarga motivatsion treninglar, kasb-hunar sirlari, biznes saboqlar va tadbirkorlik koʻnikmalari malakali mutaxassislar tomonidan oʻrgatiladi. Shu bilan birga, psixologik mashgʻulotlar, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati