Jizzaxda askarlarni tantanali kuzatish marosimi o‘tkazildi

0
2734

Harbiy xizmatga borish, xalqimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, Vatan himoyasi har bir yigit kishi uchun eng sharafli vazifalardan biridir. Xususan, ayni kunlarda mamlakatimizda Qurolli Kuchlar safida xizmat qilish uchun yigitlarni muddatli harbiy xizmatga tantanali kuzatish tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Xususan, kuni kecha Jizzax shahridagi Xotira xiyobonida Vatan oldidagi muqaddas burchini bajarishga otlangan yigitlarni Mudofaa vazirligi qo’shinlariga muddatli harbiy xizmatga kuzatuv marosimi o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimligi, viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar hamda chaqiriluvchilarning yaqinlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Vatanni himoya qilishdek muqaddas va sharafli burchni bajarishga shay turgan o‘g‘lonlarga bukilmas iroda, so‘nmas matonat va kuch-g‘ayrat tilashdi.

Harbiy orkestr ijrosidagi kuy-qo’shiqlar hamda harbiy xizmatchilarning turli sahna ko’rinishlari barchaga birdek manzur bo’ldi.

Shu kuni Jizzax temir yo‘l vokzalida respublikamizning turli hududlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar ham tanatanali kutib olindi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati