“Harbiy qismda bir kun”

0
1937

Ayni paytda joylarda yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning o‘qishi va bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish hamda vaqtida hal etish, harbiy-vatanparvarlik tadbirlarida samarali qamrab olish bo‘yicha rasmiy idoralar, mahalla va muassasalar, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, kuni kecha Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron shahrida joylashgan maxsus harbiy maktab oʻquvchilari Angren shahrida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda tashkil etilgan “Harbiy qismda bir kun” va “Ochiq eshiklari kuni” tadbirlariga jalb qilindi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar tomonidan tashkil etilgan koʻrgazmali chiqishlar, jangovar qurollar bilan tanishtirish, faxriy qorovul chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, harbiy qism hayoti yuzasidan maʼlumotlar berilib, yoshlarning milliy armiyamiz haqidagi tasavvurlari yanada boyitildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti