Samarqandda askarlarga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi

0
1914

Samarqand garnizonida muddatli harbiy xizmatni yakunlagan askarlarga oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda qoʻshimcha ball beradigan harbiy qism qoʻmondonligining imtiyozli tavsiyanomalarini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Yigitlarni uylariga kuzatish arafasida tashkil etilgan tadbirda okrug qoʻmondonligi mas’ullari, viloyat hokimi oʻrinbosari Zebiniso Rahmonova, Yozuvchilar ijodiy uyushmasi vakillari, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, faxriylar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Unda soʻz olganlar, respublika hamda Mudofaa vazirligi miqyosida oʻtkazilgan koʻplab sport musobaqalarida, xotira turnir va chempionatlarda harbiy okrug sharafini munosib himoya qilganlarga minnatdorchilik bildirildi. 

Tadbir yakunida muddatli harbiy xizmatchilar ramziy maʼnoda “Amir Temur jangovar bayragʻi” bilan xayrlashdilar.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati