Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun sayyor qabul o‘tkazildi

0
1783

Bugungi kunda Mudofaa vazirligi tomoinidan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammoli masalalarni aniqlab, ularning o‘z yechimini topishida barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Jumladan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan harbiy qismda Chirchiq harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda  harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari uchun ommaviy sayyor qabul tashkil qilindi.

Unda Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi rahbariyati, hududiy vazirlik, idoralar, hokimyat va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirok etib, murojaatchilarning muammoli masalalarini tinglandi.

O‘tkazilgan sayyor qabul natijasiga ko‘ra, kelib tushgan 30 ga yaqin  murojaatlarning 10 dan ortig‘i joyida hal etilib, qolganlariga huquqiy tushuntirishlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ijrosini ta’minlash maqsadida mutasaddi tashkilotlarga yuborildi.

Harbiy oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar harbiy qism va muassasalarda davom etmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyala
r departamenti