Mudofaa vazirligi kadr organlari ofitserlari bilan o‘quv-uslubiy yig‘in o‘tkazilmoqda

0
3129

Qurolli Kuchlar akademiyasida Mudofaa vazirligi kadr organlari ofitserlari bilan bir haftaga mo‘ljallangan o‘quv-uslubiy yig‘in o‘tkazilmoqda.

Uslubiy yig‘in kadr organlari ofitserlarini intellektual-ma’naviy saviyasini oshirish, islohotlar va yangi talablarning mazmun-mohiyatini yetkazish, bugungi kundagi kadrlar yo‘nalishidagi muammolarni tahliliy va tanqidiy jihatdan ko‘rib chiqqan holda sohani rivojlantirish, yetakchi psixologlardan harbiy jamoadagi psixologik muhit va shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish maqsadida tashkil etildi.

Yig‘in doirasida mamlakatimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlaridan taklif etilgan yetakchi ekspertlar tomonidan mintaqaviy xavfsizlik, personal bilan ishlash, tahlil va prognoz, xizmat protokoli va etiketiga oid, shuningdek, dunyoqarashni kengaytirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar va psixologik treninglar o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, o‘quv rejasida kadr sohasi bo‘yicha yangi qabul qilingan me’yoriy va rahbariy hujjatlar talablari hamda mamlakatimizdagi islohotlarga oid ma’lumotlar tahlili alohida o‘rin olgan.

Darhaqiqat, mashg‘ulotlar davomida chiqarilgan xulosalar, mutaxassislarning taklif va tavsiyalari kadr organlari ofitserlari faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.

O‘quv-uslubiy yig‘in joriy yilning 2-mart kuniga qadar davom etadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti