Muddatli harbiy xizmatchilarning ofitserlik kasbiga qiziqishi ortmoqda

0
2228

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi bilan hamkorlikda Jizzax hamda Navoiy garnizonlarida joylashgan harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatchilarni oliy harbiy bilim yurtlariga oʻqishga jalb etish maqsadida targʻibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirda akademiyaning Harbiy sanʼat kafedrasi ofitserlari hamda kursantlari tomonidan oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, topshiriladigan hujjatlar, oʻqishga qabul qilishda harbiy-professional yoʻnalishlar, dastlabki saralab olish, test sinovlari tashkil etish va oʻtkazish tartibi va saralab olish jarayonida nomzodlarga beriladigan imtiyozlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, oʻqish davomida kursantlar bepul yotoqxona, 3 mahal bepul issiq ovqat, belgilangan norma boʻyicha yozgi va qishki harbiy libos va pul taʼminoti bilan taʼminlanishi, shahar transportida bepul harakatlanish, teatr, muzey va boshqa joylarga bepul ekskursiya qilish imkoniyati borligini hamda oʻqish davomida kursantlarga malakali tibbiy xizmat koʻrsatilishi aytib oʻtildi.

O‘zaro muloqot davomida muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarildi. 

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati