Yurtimiz bo‘ylab vatanparvarlik festivallari davom etmoqda

0
929

Vatanparvarlik ota-onani, oilani asrashdan, yurtga fidoyi xizmat qilishdan boshlanadi. Aslida bu shunchaki bayramlarda aytiladigan gaplar emas. Biz yoshlarimizni chin inson qilib tarbiyalashda shu kabi ulugʻ tuygʻularni singdirishimiz lozim. Xususan, yurtimizda “Vatanparvarlik oyligi”ning o‘tkazilishi ham aynan ushbu ezgu maqsadlarni amalga oshirishdan iboratdir.

Kuni kecha, shu kabi ustuvor maqsadlar ijrosini taminlash yo‘lida Jizzax viloyatining Zarbdor, Zafarobod hamda Yangiobod tumanlarida beshta muhim tashabbus asosida vatanparvarlik festivallari tashkil etildi.

Festival doirasida faxriylar, harbiy xizmatchilar bilan yoshlar oʻrtasida uchrashuv va muloqotlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari hamda harbiy texnikalar, qurol-aslahalar koʻrgazmalari aholi, ayniqsa, yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Yurt posbonlarining qoʻl jangi usullari boʻyicha sahnasi, faxriy qorovullarning saf chiqishlari tadbirda ishtirok etgan yoshlarga oʻzgacha gʻurur bagʻishlab, ularning harbiylikka qiziqishini oshirishga xizmat qildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati