Ilg‘orlar e’tirof etildi

0
2258

Mudofaa vazirligiga qarashli Qashqadaryo viloyatida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari ishtirokida Qarshi shahrida joylashgan Mulla To‘ychi nomidagi akademik drama teatrida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida tantanali tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar oʻz Vatanini koʻz qorachigʻidek asraydigan, istiqloli, osoyishtaligi va farovonligi uchun jonini tikishga tayyor boʻlgan harbiy xizmatchilarni bayram bilan tabriklab, mashaqqatli, ammo sharafli kasblarida muvaffaqiyat tilashdi.

Tadbir davomida yakunlangan 2023-yil mobaynida Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Men gʻolib” shiori ostida oʻtkazilgan koʻrik-tanlov va musobaqalarda gʻalaba qozongan Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida joylashgan harbiy qismlarning harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari eʼtirof etildi.

Tadbir soʻnggida sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar barchaga birdek manzur boʻldi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari uchun kitob yarmarkasi ham tashkil etildi.