Yurt himoyachilarining oila aʼzolari chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

0
1186

“Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida yurtimiz boʻylab keng oʻtkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Nukus harbiy gospitali, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj xizmati mutaxassislari tomonidan yurt himoyachilarining oila aʼzolari chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Tibbiy koʻrik davomida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolariga ginekolog, okulist, endokrinolog, kardiolog, oftalmolog, onkolog, pediatr, terapevt kabi malakali mutaxassislar xizmat koʻrsatib, tegishli maslahat va tavsiyalar berishdi. Oilalarning salomatligi harbiy gospitaldagi UTT, EKG, umumiy qon tahlili va boshqa zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida tekshirildi.

Ta’kidlash joizki, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi yoʻlida olib borilayotgan islohotlar doirasida tibbiy koʻriklarning muntazam tashkil etilayotgani ularning salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va ularga qarshi shifo muolajalarini oʻtkazishda muhim ahamiyatga ega. Nukus harbiy gospitalida tashkil etilgan navbatdagi tibbiy koʻrikda ham harbiy xizmatchilarning oilalari ishtirok etib, bu kabi yaratilayotgan sharoitlardan minnatdor ekanliklarini bildirib oʻtishdi.

Koʻrikdan soʻng, malakali mutaxassislarning “Xotin-qizlar reproduktiv salomatligi – sogʻlom kelajak asosi” mavzusida tajribali shifokorlarning qimmatli maslahatlari va tavsiyalari tinglandi.

Shimol-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati