Qo‘mondon harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan uchrashdi

0
1895

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Aybek Saidov harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi.

Dastavval yurt o‘g‘lonlarining oila a’zolari tantanali kutib olindi. Tadbirda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoyasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Okrug qo‘shinlari qo‘mondoni oilalar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, savol-javoblar o‘tkazdi. Muloqot davomida harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, bandligini ta’minlash kabi amalga oshirilayotgan ishlardan tadbir ishtirokchilari minnatdor ekanliklarini bildirdi.

Shundan so‘ng, harbiy xizmatchilarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish maqsadida mehmonlar uchun ekskursiya o‘tkazildi. Tarix o‘quv binosida mutaxassislar tomonidan yurtimiz tarixi, ajdodlarimiz ko‘rsatgan qahramonliklar hamda binodagi eksponatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari, harbiy shaharchada barpo etilgan binolar bilan ham yaqindan tanishgan tadbir ishtirokchilari yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklardan mamnunligini ta’kidlashdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati