Harbiy qismda yoshlar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi

0
794

Har qanday mamlakatni jahonga tez sur’atlar bilan tanitadigan soha bu, albatta, sportdir. Shu boisdan Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida ham yosh avlod oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ular oʻrtasida sportni yanda ommalashtirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Fargʻona viloyatida joylashgan harbiy qismda tashkil etilgan muaytay sport toʻgaragi aʼzolari, harbiy xizmatchilarning farzandlari va mahalliy yoshlar oʻrtasida “Harbiy qism komandiri kubogi” turniri boʻlib oʻtdi.

Viloyatining turli hududlarida faoliyat yuritayotgan sport klubi aʼzolari qatnashgan mazkur musobaqada har xil vazn toifasida sportchilar gʻoliblik uchun kurash olib bordi.

Ta’kidlash kerakki, uzoq yillardan buyon harbiy qismda faoliyat yuritib kelayotgan ushbu sport toʻgaragi aʼzolari Osiyo va Yevropada oʻtkazilgan jahon chempionatlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritib kelishmoqda.

Komandir kubogi uchun o‘tkazilgan bellashuv ham bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Yakunda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan sportchi yoshlarga harbiy qism komandirining diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.