Yashovchanlikni taʼminlash boʻyicha sayyor mashgʻulotlar tashkil etildi

0
1204

Xorazm viloyatidagi “Yangiariq” umumqoʻshin poligoni negizida tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boʻlinmalarini choʻl sharoitida tayyorlash markazi mutaxassislari tomonidan Nukus va Urganch garnizonlaridagi harbiy qismlarda choʻlda yashab qolish boʻyicha sayyor mashgʻulotlar tashkil etildi.

Mashgʻulotlarda markazning tajribali oʻqituvchi va yoʻriqchilari tomonidan sahroda olov topish, suv topish va tozalash hamda zaxirasini yaratish, ov qilish va oziq-ovqat zaxirasini gʻamlash, ovqat tayyorlash, tibbiy yordam koʻrsatish, hududda boʻlinmalarning joylashuvi uchun pana joylarini jihozlash hamda niqoblash, kuzatuv ishlarini olib borish kabi masalalar boʻyicha maʼlumotlar berildi. Yaradorlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish hamda zaharli hasharotlar chaqqan vaqtda birinchi navbatda qilinadigan amallar tushuntirib o‘tildi.

Sayyor mashgʻulotlar davomida harbiy xizmatchilarning kasbiy bilimlarini oshirish, choʻl sharoitida ekstremal yoki nostandart vaziyatlarda tushgan taqdirda yuklatilgan jangovar vazifani bajarilishiga samarali erishish hamda shaxsiy tarkib sogʻligini saqlash boʻyicha nazariy koʻnikmalar oshirilib, zarur bilimlar boyitildi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati