“Zahiriddin Muhammad Bobur izidan” koʻrik-tanlovi o‘tkazildi

0
1583

Buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning qudratli davlatni tashkil etishdagi strategik yondashuvlari, amalga oshirgan islohotlari, qoʻshinni boshqarish mahoratini chuqur tahlil qilish maqsadida Mudofaa vazirligiga qarashli Xonobod shahridagi harbiy qism madaniyat markazida koʻrik-tanlovining qoʻshilma bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda Fargʻona, Namangan va Andijon viloyatlarida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlardan saralanib kelgan jamoalar oʻzaro bellashuvga kirishdi.

Tanlovda jamoalar Zahiriddin Muhammad Boburning adabiyotdagi o‘rni, iste’dodli sarkarda ekani hamda Boburiylar imperiyasi asoschiligiga oid shartlar doirasida savollarga javob berdi. Tanlov hakamlar hayʼati tomonidan adolatli hamda shaffof baholanib borildi.

Yakuniy natijalarga koʻra jamoalar quydagi oʻrinlarni egallashdi;

  • 1-oʻrin — “Bobur izdoshlari” (Fargʻona viloyati);
  • 2- oʻrin — “Mubayyin” ( Andijon vilayati);
  • 3-oʻrin — “Humoyun” (Namangan viloyati).

Gʻolib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirilib, keyingi bosqichdagi ishtiroklariga zafarlar tilandi.