Navoiyda “Jasorat maktabi”ning navbatdagi mavsumi boshlandi, Jizzaxda esa yakunlandi

0
903

Markaziy harbiy okrugning Navoiy garnizonidagi harbiy qismda “Armiya — vatanparvarlik va jasorat maktabi” shiori ostida oʻtkazilayotgan 10 kunlik ““Jasorat maktabi” oʻquv-yigʻinining navbatdagi mavsumi boshlandi.

Yig‘in avvalida navoiylik 100 nafar yoshlar harbiy qismda tanatanali kutib olingach, tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularga harbiy liboslar berildi. Tantanali ochilish marosimida Navoiy viloyati hokimligi, Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, viloyat sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari hamda faxriylar ishtirok etib, yoshlarning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari sari dadil qadam tashlashlari uchun ushbu oʻquv-yigʻin qulay imkoniyat ekanini ta’kidladilar.

Shuningdek, bundan roppa ropsa 10 kun oldin Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida istiqomat qiluvchi 100 nafar yoshlar uchun Jizzax garnizondagi harbiy qismda tashkil etilgan “Jasorat maktabi” oʻquv-yigʻini oʻz nihoyasiga yetdi.

Tantanali yopilish marosimida yig‘in ishtirokchilariga Jizzax shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida egallagan kasb-hunarlari, IT sohasi hamda tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishlari boʻyicha sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Oʻquv-yigʻini davomida okrug qoʻshinlari qoʻmondoni kubogi uchun “Harbiy estafeta”, viloyat hokimi kubogi uchun “Mini-futbol”, viloyat DXX boshligʻi kubogi uchun “Milliy kurash” hamda viloyat Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi boshligʻi kubogi uchun oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalarga kubog, medal, diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati