“Bu aziz yurtda hech kim mehr va eʼtibordan chetda emas!”

0
853

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yil 3-dekabr sanasi butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanib kelmoqda.

Ezgulik, mehr-oqibat, insonparvarlik timsoli boʻlgan ushbu ayyomda mamlakatimizda imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan fuqarolarimizga hurmat-ehtirom va ularga ezgu tilaklar bildirilmoqda.

Xususan, Markaziy harbiy okrugning Navoiy garnizonidagi harbiy xizmatchilar Konimex hamda Uchquduq tumanlari hokimliklari bilan ixtisoslashtirilgan maktablarda “Bu aziz yurtda hech kim mehr va eʼtibordan chetda emas!” shiori ostida tadbirlar tashkil etishdi.

Tadbirlar davomida murgʻak qalb egalaridan tortib nogironligi bor va yolgʻiz qariyalarga sovgʻalar ulashildi, konsert dasturlari va harbiy-vatanparvarlik festivallari o‘tkazildi.

Jumladan, Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy xizmatchilar imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyatdagi mavjud imkoniyatlardan foydalanishiga, sogʻligʻini saqlashga, taʼlimi, bandlik, reabilitatsiya, siyosiy-ijtimoiy hayotda ishtirok etishini taʼminlash maqsadida 5-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘ldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati