“Men gʻolib” shiori ostida ilk marotaba oʻtkazilgan “Eng ilgʻor topografik guruh” musobaqasining gʻoliblari aniqlandi

0
1830

Markaziy harbiy okrugning “Kattaqoʻrgʻon” dala-oʻquv maydonida “Men gʻolib” shiori ostida ilk marotaba “Eng ilgʻor topografik guruh” musobaqasi oʻtkazildi.

Musobaqaning tanatanali ochilish marosimida Qurolli Kuchlar Bosh shtabi Navigatsiya-geoaxborot taʼminoti boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Bahrom Sultanov soʻzga chiqib, Mudofaa vazirligi miqyosida ilk marotaba oʻtkazilyaotgan ushbu musobaqa ishtirokchilarning topografik tayyorgarligini takomillashtirish, shuningdek, boʻlinmalarda ustoz-shogird anʼanalarini yuksaltirish qaratilgani bilan ahamiyatli ekanini ta’kidladi.

Ushbu musobaqada Mudofaa vazirligi tasarrufidagi beshta okrug qoʻshinlaridagi motooʻqchi, havo-desant, tankchi va artilleriya boʻlinmalarining harbiy xizmatchilari 3 bosqichda, yaʼni “Otish marrasi”, “Azimut” va “Topografik estafeta” shartlari boʻyicha oʻzaro bellashishdi.

Dastlabki “Otish marrasi” bahsida jamoaning har bir aʼzosi avtomatda 100 metrda uzoqlikdagi nishonlarga qarat oʻq uzib, kerakli ochkolarni qoʻlga kiritdi. Navbatdagi shartda esa jamoalar 12 kilometr kvadratdan koʻp boʻlmagan, notanish hududda, masofasi 10 kilometrgacha boʻlgan, 12 ta nazorat nuqtalaridan oʻtish orqali bajarildi.

Koʻplab bosqichlarni jamlagan “Topografik estafeta” shartida esa jamoalar toʻsiqlar yoʻlagidagi maxsus jihozlangan nuqtalarda “Xaritalarni yigʻish va yelimlash”, “Pazl”, “Topografik xaritada berilgan 10 ta obyektni toʻliq toʻgʻri burchakli va geografik koordinatalarini aniqlash” vazifalari bajardi.

“Men gʻolib” shiori ostida oʻtkazilgan “Eng ilgʻor topografik guruh” musobaqasining yakuni boʻyicha harbiy okruglar oʻrtasida oʻrinlar quyidagicha taqsimlandi:

  • 1-oʻrin — Markaziy harbiy okrugi;
  • 2-oʻrin — Toshkent harbiy okrugi;
  • 3-oʻrin — Sharqiy harbiy okrugi;
  • 4-oʻrin Shimliy-gʻarbiy harbiy okrug
  • 5-oʻrin Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug jamoasiga nasib etdi.

Bundan tashqari, musobaqa davomida “Eng ilgʻor xaritachi”, “Eng ilgʻor pazlchi” hamda “Eng ilgʻor topogeodezist” nominatsiyasilari bo‘yicha gʻolib va sovrindorlar aniqlanib, ularga Mudofaa vazirligining kubok, esdalik nishonlari hamda qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiylar departamenti