Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy-ilmiy anjuman o‘tkazildi

0
1803

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida “Oʻqotar qurollarni ballistik jadvallari va ularning ahamiyati” mavzusida respublika harbiy-ilmiy anjumani oʻtkazildi.

Unda akademiyaning Qurollanish va otish kafedrasining, shuningdek, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining harbiy o‘qituvchi-professorlari, Mudofaa vazirligi merganlar tayyorlash markazi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillari ishtirok etdi.

Mazkur harbiy-ilmiy anjumanni oʻtkazishdan asosiy maqsad oʻqotar qurollar va jangovar texnikalarning ballistik jadvallari hamda ularning ahamiyati qanchalik muhimligini yig‘ilganlarga yetkazish, xorijiy davlatlar qurolli toʻqnashuvlarda foydalanayotgan zamonaviy qurol-aslahalarning jangovar imkoniyatini chuqur oʻrganishdan iboratdir.

Anjuman davomida “Ballistika fanining qisqacha paydo boʻlishi va rivojlanishi tarixi”, “Oʻqotar qurollarning ballistik jadvallari va ularning amaliy ahamiyati”, “Zirhli jangovar texnika qurollarini samarali qoʻllashda ballistik jadvallarning oʻrni va ahamiyati” kabi mavzularda yig‘ilganlarga ma’ruzalar qilindi.