Davlat boshqaruv organlari rahbarlari ishtirokida yigʻin boshlandi

0
5023

Mudofaa vazirligiga qarashli “Chirchiq” umumqoʻshin poligonida davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yigʻin boshlandi.

Yigʻin davomida Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilot rahbarlari qoʻshinlar kundalik faoliyati bilan tanishgan holda, mamlakat mudofaasini tashkillashtirish doirasida yuklatilgan vazifalar bajarilishining samaradorligini oshirish uchun bevosita harbiy xizmat muhitida bo‘ladilar.

Toshkent harbiy okrugi

Mazkur yigʻin orqali davlat hokimiyati organlari rahbarlarini jangovar tayyorgarlik fanlari boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish yoʻli bilan avval olingan harbiy koʻnikmalarini qayta tiklash (shakllantirish) va takomillashtirish, shuningdek, hududiy mudofaa va fuqarolarni himoya qilishni oʻrganish (oʻzlashtirish), maʼnaviy-axloqiy va maʼnaviy-ruhiy sifatlarini rivojlantirish, davlat harbiy qurilish ishlarida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirish, dahldorlik hislarini oshirish maqsad qilingan.

Toshkent harbiy okrugi

“Forish” poligonida tashkil etilgan yigʻinda esa Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyatlari hokimlari ishtirok etdi. Shuningdek, tuman hokimlari hamda ularning oʻrinbosarlari, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlar rahbarlari mamlakat mudofaasini tashkillashtirish doirasida yuklatilgan vazifalar bajarilishining samaradorligini oshirish uchun bevosita harbiy xizmat muhitida boʻladilar.

Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug

“Buxoro” umumqoʻshin poligonida Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi davlat boshqaruv hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlari bilan yigʻinga start berildi.

Tantanali ochilish marosimida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni hamda Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari hokimlari ham harbiy libosda ishtirok etdi.

Termizda ham Surxondaryo viloyatidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari (oʻrinbosarlari) yigʻini boshlandi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug

Tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi ishtirok etib, yigʻin ishtirokchilarini qutladi, bir necha kun davom etadigan mashgʻulotlar mamlakat armiyasining qudrati bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyat ekanini taʼkidlab, barchaga omad tiladi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug

“Farg‘ona” dala-oʻquv maydonida Sharqiy harbiy okrug hududida joylashgan davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilot rahbarlari bilan yigʻin boshlandi.

Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug

Yigʻin davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Viloyat harbiy-ma’muriy sektori bogʻi” barpo etildi. 

Sharqiy harbiy okrug

“Yangiariq” umumqoʻshin poligonida ham Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat tashkilotlari rahbarlari ishtirokidagi bir necha kunlik harbiy yigʻin oʻtkazilmoqda. Yigʻinning ochilish tadbirida Xorazm viloyati hokimi, harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Joʻrabek Raximov ishtirok etdi va soʻzga chiqdi.