“Men gʻolib” shiori ostidagi “Dala oshxonasi” musobaqasiga start berildi

0
1504

Markaziy harbiy okrugning “Forish” togʻ poligonida Mudofaa vazirligi miqyosida “Men gʻolib” shiori ostida oʻtkazilinib kelinayotgan armiya oʻyinlarining “Dala oshxonasi” musobaqasiga start berildi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Mudofaa vazirligi Moddiy-texnik taʻminot bosh boshqarmasining masʻul ofitserlari hamda har bir okrug va qoʻmondonlikning jamoalari ishtirok etishdi.

Soʻz olganlar harbiy oshpazlarmizning milliy armiyamizdagi oʻrni xususida toʻxtalib, jamoalarga omad tiladi. Shundan soʻng, musobaqaning dastlabki bosqichi, yaʻni “Otish tayyorgarli” bahslariga start berildi. Unga koʻra har bir jamoadan 6 nafardan vakil ishtirok etib, ular 100 metr masofadagi nishonlarga qarata 10 marotabadan oʻq uzdi.

Taom tayyorlash borasida yuksak mahoratga ega boʻlgan harbiy xizmatchilar ushbu bahsda oʻzining jangovar tayyorgarligini ham yuqori natijalar bilan amalda namoyon etishdi. Natijalar quyidagicha o‘rin oldi: 

  • Markaziy harbiy okrug — 90,6 ball;
  • Sharqiy harbiy okrug — 87,8 ball;
  • Toshkent harbiy okrug — 86, 5 ball;
  • Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug — 79 ball;
  • Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi — 74,8 ball;
  • Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug — 70,6 ball.

Musobaqa 24-noyabrga qadar davom etadi va yakunda “Eng ilgʻor dala oshxonasi” boʻyicha gʻolib va sovrindor jamoalarni aniqlash bilan birga, “Eng ilgʻor oshpaz”, “Eng ilgʻor novvoy” hamda “Eng ilgʻor mergan” nominatsiyalarining gʻoliblari nomi ma’lum bo‘ladi.