“Yashil makon” loyihasida harbiylarning faol ishtiroki ta’minlanmoqda

0
1663

Mudofaa vazirligiga qarashli Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi tasarrufidagi barcha harbiy qismlar shaxsiy tarkibi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlar iqlimidan kelib chiqib, daraxt koʻchatlari ekilmoqda.

Bugungi kunga qadar harbiy xizmatchilar tomonidan ob-havo sharoiti va mahalliy hudud iqlimi inobatga olingan holda 150 mingdan oshiq manzarali va mevali daraxt koʻchatlari yerga qadaldi, mavjudlari esa parvarishlandi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda harbiy xizmatlar bilan birgalikda aholini barcha qatlami, xususan, faxriylar va yoshlar ham faol ishtirok etmoqda.

Respublikamizning olis choʻl va togʻli hududlarda joylashgan harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar tomonidan parbo etilgan bog‘larda esa muntazam ravishda daraxt koʻchatlari va dekorativ gullar ekilishi ta’minlanyapti.

Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda shaharlarning markaziy koʻchalari, harbiy qismlarga biriktirilgan taʼlim muassasalari va harbiy shaharchlarda ham hashar yoʻllari bilan obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.