“Davlat bayrogʻi — baxt va iftixorimiz timsoli”

0
2399

Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir.

Respublikamiz davlat bayrog‘idagi ramzlar O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqlikni hamda yurtimiz hududida yashovchi millat va elatlarning an‘analarini o‘zida mujassamlashtirgan.

Kuni kecha, Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyi va Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda “Davlat bayrogʻi — baxt va iftixorimiz timsoli” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir hamda koʻchma koʻrgazmasi tashkil etildi.

Unda Qurolli Kuchlar akademiyasining kursantlari, Toshkent moliya instituti oʻqituvchi va talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda davlat bayrogʻiga bagʻishlangan kuy-qoʻshiqlar Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan ijro etildi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar davlat muzeyi jangovar harbiy tarixiy bayroqlar koʻchma koʻrgazmasi namoyish etildi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti