Kattaqo‘rg‘on dala-o‘quv maydonida “Eng ilg‘or batalyon” ko‘rik-tanloviga start berildi

0
1705

Markaziy harbiy okrugning “Kattaqo‘rg‘on” dala-o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilayotgan “Eng ilgʻor batalyon” koʻrik-tanloviga start berildi.

Tanlovning tantanali ochilish marosimiвф Mudofaa vazirligi Jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi va okrug qo‘mondonligining mas’ul ofitserlari, Samarqand garnizonidagi harbiy qismning batalyon shaxsiy tarkibi hamda mahalliy yoshlar ishtirok etib, ko‘rik-tanlovda harbiy xizmatchilarga omad yor bo‘lishini tilashdi.

Shundan so‘ng, tanlov yurt oʻglonlarini saf koʻrigidan o‘tkazishdan boshlandi va batalyon shaxsiy tarkibining jismoniy tayyorgarligi tekshiruvdan o‘tkazildi. Bunda tankchi mutaxassislar turnikda aylanish, 400 metrga yuqori tezlikda yugurish va 5 kilometrga yugurish kabi mashqlarni bajardi.

Ko‘rik-tanlovning yana bir bosqichida yurt o‘g‘lonlari uzoq masofaga jangovar mashina va harbiy texnikalarda safar yurishini amalga oshirish uchun saf tortdi — bu jarayonda hakamlar tomonidan yurt himoyachilaridan oʻzlariga biriktirilgan texnikalarning sozligi hamda shayligini tekshiruvdan oʻtkazdi.

Shuningdek, batalyon shaxsiy tarkibi hududlardan betalafot o‘tish mobaynida texnikalar ketma-ketlik tarkibini ta’minlagan holda harakatlanish bo‘yicha mahoratlarini amalda ko‘rsatdi.

Ayni vaqtda ko‘rik-tanlov jarayonlari batalyon shaxsiy tarkibining belgilangan hududga yetib borishi, joy xavfsizligini o‘rganish va qo‘riqlovni tashkil etish hamda otish tayyorgarligi bo‘yicha mahoratlari sinovdan o‘tkazish bilan davom etmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati