Qo‘mondon “Jasorat maktabi” yoshlari bilan uchrashdi va “Yashil makon” doirasida ko‘chat ekdi

0
1027

Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi Chirchiq garnizonida joylashgan harbiy qismlarning birida “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik yigʻini yuqori saviyada davom etmoqda.

Bugun, 7-noyabr kuni okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Zokirjon Sayfudinov yigʻinda jam boʻlgan yoshlarning orzu-istaklarini tinglash hamda yuksak marralarga intilishda motivatsiya berish maqsadida ular bilan uchrashdi.

Dastlab, har bitta yosh bilan alohida tanishib, kelajakdagi maqsadi haqida soʻragan qoʻmondon, inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi tomon tinmay intilsagina hayotda oʻz oʻrnini topa olishini ta’kidladi. Shuningdek, bosib oʻtgan harbiy hayot yoʻli haqida soʻzlab berib, kelajakda harbiy bo‘lish istagida yurgan yoshlar uchun oltinga teng maslahat bilan bo‘lishdi.

Tadbir yakunida “Jasorat maktabi” yig‘in ishtirokchilari bilan Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish aksiyasida ishtirok etdi.

“Kuzgi daraxt ekish mavsumi”da o‘tkazilayotgan ko‘chat ekish jarayonlari barcha harbiy okruglar va ular tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda ham amalga oshrilmoqda.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati