Nukus garnizonida oʻzbek tili bayramiga bagʻishlangan insholar tanlovi oʻtkazildi

0
898

21-oktyabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Sana munosabati bilan joylarda madaniy-maʼrifiy tadbirlar, adabiy-badiiy kechalar oʻtkazilib, oʻzbek millatining koʻrki, milliy oʻzligimiz ramzi ulugʻlanmoqda.

Xususan, Nukus garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” shiori ostida oʻzbek tili mavzusida insholar tanlovi boʻlib oʻtdi. Unda harbiy qismning bir guruh harbiy xizmatchilari va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining talaba-yoshlari qatnashdi.

Tadbir avvalida oʻzbek tili tarixi, rivojlanish bosqichlari haqida soʻz bordi. Bu tilda ijod etgan shoir va yozuvchilarning asarlari yodga olinib, askarlar va talabalar oʻrtasida Bahri-bayt tashkil etildi.

Tanlovda 70 dan ortiq ishtirokchilarning insholari qabul qilinib, eng yaxshi yozilganlari saralab olindi. Gʻoliblar Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻmondonligining faxriy yorligʻi va kitoblar toʻplami bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimidan soʻng yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qoʻshib kelayotgan harbiy okrug tarixi muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati