Toyloq tumanida harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi

0
619

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

Unda tuman hokimligi, Samarqand garnizonidagi harbiy xizmatchilar, Samarqand harbiy prokuraturasi, barcha umumtaʼlim maktablarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Festival avvalida “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati aʼzosi boʻlgan 200 nafar yoshlarga koʻkrak nishonlarini tantanali topshirish marosimi oʻtkazildi.

Koʻksiga gʻurur va iftixor ila koʻkrak nishonini taqqan yoshlar yurtimizning har bir qarich yerini koʻz qorachigʻidek asrabsavaylashga va ajdolarimizga munosib vorisga va’da berishdi.

Shundan soʻng harbiy orkestr jamoalari va harbiy xizmatchilarning koʻrgazmali chiqishlariga navbat berildi. Faxriy qorovulning saf chiqishlari hamda murakkab qoʻl jangi elementlari yoshlarni vatanparvarlik ruhida ulgʻayishlariga va sadoqatli farzand oʻlaroq yurt taqdiriga kamarbasta boʻlishiga undadi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati