Nukus garnizonida qoʻmondon harbiy xizmatchilar oilalari bilan suhbatlashdi

0
1514

Nukus garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Oila salomatligi – millat salomatligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Farhodjon Shermatov, Nukus harbiy prokurori, Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi Nukus filiali rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasining xotin-qizlar boʻyicha yetakchi mutaxassisi, harbiy xizmatchilar va ularning oilalari ishtirok etdi.

Taʼkidlab oʻtish joiz, mamlakatimizda harbiy xizmat nufuzini yuksaltirish va Qurolli Kuchlarimiz jangovar shayligini yanada oshirish maqsadida harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi masalalari bilan bogʻliq koʻplab yoʻnalishlar huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʻyilgan hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini yanada yaxshilash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Soʻnggi yillardagi oʻzgarishlar Mudofaa vazirligi tizimida, xususan Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugi faoliyatida yorqin koʻzga tashlana boshladi. Ayniqsa, harbiy xizmatchilarning yashash va turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli koʻplab harbiy oilalarda uchraydigan muammolarga barham berilmoqda.

Davra suhbatidan soʻz olgan mehmonlar “Yot gʻoyalarga qarshi kurashishda tarbiyaning ahamiyati”, “Milliy libos – millat koʻzgusi” kabi mavzularda oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Tadbir soʻnggida harbiy psixologlar tomonidan harbiylarning oilalaridan taʼlim sifatini yaxshilash borasida soʻrovnoma oʻtkazib, taklif va muammolar yakka murojaat shaklida tinglandi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati