Navoiyda “Vatan tayanchi” harakati aʼzolari tantanali va’da berishdi

0
1171

Navoiy viloyati Karmana tumani markazida joylashgan Motamsaro ona haykali poyida tumandagi umumtaʼlim maktablarining “Vatan tayanchi” otryadi guruhlariga aʼzo boʻlgan 10-11-sinf oʻquvchilarining 400 nafari ishtrokida tantanali “Vaʼda berish” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Navoiy viloyati harbiy-maʼmuriy sektor vakillari, Navoiy harbiy prokuraturasi, faxriylar va jamoatchilik kengashi vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab tadbir ishtirokchilari Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qoʻyib Vatanimiz tinchligi yoʻlida jonini fido etgan oʻglonlarni xotirasini yod etishdi va “Vatan tayanchi” harakatining aʼzolari tantanali ravishda va’da berishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan faxriylar “Vatan tayanchi” harakatiga qabul qilingan oʻsmirlarga tantanali vaʼdani mohiyati, vaʼda ortidagi otryad aʼzosi zimmasiga yuklatiladigan masʼuliyat va javobgarlik, Vatanga sadoqat va fidoyilik boʻyicha nutq soʻzlashdi.

Marosimdan soʻng, harbiy qismning maxsus texnikalari va qurol-aslahalar koʻrgazmalari va harbiy orkestr jamoasining vatanparvarlik ruhidagi kuy-qoʻshiqlari hamda harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi chiqishlari yigʻilganlarga oʻzgacha zavq bagʻishladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati