Qurolli Kuchlari Akademiyasida xalqaro ilmiy-nazariy onlayn konferensiya boʻlib oʻtdi

0
1101

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi Harbiy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish markazi tomonidan oʻqituvchilar va murabbiylar kuniga bagʻishlangan “Yuksak salohiyatli harbiy pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish zamonaviy harbiy taʼlim tizimining ustuvor vazifasidir” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy onlayn konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada harbiy taʼlim muassasalarida oʻqituvchi lavozimiga ofitserlarni tanlashga qoʻyilayotgan zamonaviy talablar, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning dolzarb muammolari boʻyicha yetakchi xorijiy davlatlardagi pedagogika yoʻnalishidagi yutuqlarni oʻrganish va ijodiy tahlil qilindi, o‘zaro fikr almashildi.

Mazkur xalqaro ilmiy-nazariy onlayn konferensiyada maʼruzalar bilan ishtirok etish uchun AQSH, Xitoy, Belarus, Turkiya, Italiya, Koreya, Qozogʻiston Respublikalari Qurolli Kuchlari harbiy taʼlim muassasalari vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasi mutaxassislari, Qurolli Kuchlari Akademiyasi professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Mazkur konferensiyani oʻtkazishdan asosiy maqsad — xorijiy tajribani oʻrganish, harbiy-pedagogik jarayonning dolzarb muammolarini va istiqbollarini muhokama qilish; harbiy pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonini takomillashtirish; ofitser-oʻqituvchilarning kasbiy- pedagogik tayyorgarligi darajasini oshirishning ilmiy va uslubiy jihatlari boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Sherzod Sharipov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departament