Samarqandda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi

0
876

Bugungi kunda butun mamlakatimizda boʻylab “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi koʻtarinki ruhda oʻtkazilib kelinmoqda.

Xususan, Markaziy harbiy orkug qoʻshinlari qoʻmondonligi tomonidan navbatdagi shu kabi uchrashuv Samarqand garnizonidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislar tayyorlash markazida oʻtkazildi.

Unda Samarqand viloyati hokimligi, Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, kuch tuzilmalari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ullari, Qurolli Kuchlar faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Dastlab, yoshlarga orkug qoʻshinlari qoʻmondoniligi tomonidan Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy taʼlim muassasalarida tahsil olish toʻgʻrisida ma’lumot berildi. 

Yoshlarning harbiylik va boshqasohadagi qiziqishlariga oid savol hamda murojaatlari atroflicha oʻrganib chiqildi, tegishli mutaxasislar tomonidan tushunchalar berilib oʻtildi.

Shuningdek, Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahridagi harbiy qismlarning birida poytaxtda istiqomat qiladigan voyaga yetmagan yoshlar va ularning ota-onalari ishtirokida “Qoʻmondon va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.