Samarqandda “Jasorat maktabi” yigʻinining navbatdagi bosqichi boshlandi

0
906

Oʻquv yigʻin ishtirokchilari dastlab tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi va ularga harbiy kiyim-boshlar hamda zaruriy anjomlar topshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislar tayyorlash markazida boʻlib oʻtgan tantanali marosimda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Markazi vakillari, viloyat Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi, Faxriylar kengashi a’olari, hamkorlikdagi kuch tuzilmalari vakillari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar ishtirokchilarga mazkur harbiy-vatanparvarlik yigʻinidan koʻzlangan maqsad, mashgʻulotlar, imtiyozlar va imkoniyatlar haqida maʼlumotlar berdi. Samarqand Maʼnaviyat va maʼrifat markazi aktyorlari va faxriy qorovul, qoʻl jangi ustalari hamda badiiy havaskorlik jamoalarining chiqishlari yoshlarga xush kayfiyat taqdim etdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati