Kadrlar organi ofitserlari bilan oʻquv-uslubiy yigʻin boʻlib oʻtdi

0
1947

Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahridagi harbiy qismda kadrlar organi ofitserlari ishtirokida oʻquv-uslubiy yigʻin va “Eng ilgʻor kadrlar organi ofitseri” tanlovining qoʻmondonlik bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlovning birinchi kunida ishtirokchilar saf koʻrigidan oʻtkazilib, saf tayyorgarligi boʻyicha bilimlari amaliy sinovdan oʻtkazildi. Harbiy xizmatchilarning tashqi qiyofasi, kiyim rusumini toʻgʻri va ozoda tutushi koʻzdan kechirildi, shuningdek, saf elementlarini amalda bajarishlari mashgʻulot rahbarlari tomonidan tekshirildi.

Shundan soʻng poytaxtimizda joylashgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyining faollar zalida hujjatlar yuritilishi, saqlanishi va ularni rasmiylashtirish, axborot-komunikatsiyalaridan foydalana olish qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida mashgʻulotlar tashkil etildi.

Mashgʻulotlarga Mudofaa vazirligi kadrlar bosh boshqarmasi ofitserlari, Qurolli Kuchlar akademiyasi professor oʻqituvchilari, “Yurist va kadr” nodavlat taʼlim muassasasi xodimlari, Alisher Navoiy nomidagi Toshket davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining malakali professor oʻqituvchilari taklif qilindi.

Yigʻin davomida harbiy xizmatchilar jismoniy tayyorgarlik boʻyicha meʼyorlarni topshirib baholangan boʻlsa, dala oʻquv maydonida tashkil etilgan amaliy mashgʻulotlarda esa otish tayyorgarligi, maxsus tayyorgarlik, ommaviy qirigʻin qurollaridan himoyalanish boʻyicha meʼyorlarni oʻz vaqtida bajara olishi ham sinovdan oʻtkazildi.

Yakunda respublikamizning deyarli barcha hududlaridan tashrif buyurgan kadrlar organi ofitserlarining yil davomida amalga oshirgan ishlarining hisobotlari tinglanib, tanqidiy tahlil qilindi.

Yigʻin davomida davomida yuqori koʻrsatkichlarini egallagan ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.