Samarqandda “Harbiy orkestrlar sadosi” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

0
1160

Samarqandda Mudofaa vazirligi miqyosida yangi anʼana sifatida tatbiq etilgan “Harbiy orkestrlar sadosi” koʻrik-tanlovining okrug bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda Samarqand, Jizzax, Navoiy hamda Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy orkestr jamolari ishtirok etdi.

Tanlov shartlariga koʻra, harbiy orkestr jamoalari saf marshini, milliy musiqa kuylarini ijro yetish, jahon musiqa asarlaridan namunalar hamda koʻrgazmali chiqish (defele) kabi chiqishlarini namoyish etdi.

Harbiy sanʼatkorlar tomoshabinlar uchun ham oʻzlarining ona Vatan va tinchlikni, sadoqat, mehr-muhabbat va jasoratni ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlari bilan qalbiga iliqlik ulashish bilan birga, ruhiyatini koʻtarib, badiiy didini, maʼnaviy olamini boyitishga xizmat qildi.

Koʻrik-tanlovni adolatli shaffof tarzda oʻtkazish maqsadida Samarqand ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabining puflama va zarbli cholgʻular kafedrasining mudiri va oʻqituvchilaridan iborat hakamlar baholab bordi.

Tanlov yakuniga koʻra, Jizzax hamda Samarqand garnizonlaridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazining harbiy orketr jamoalari faxrli birinchi oʻrinni qo‘lga kiritdi.

Yakunda gʻolib va sovrindorlarga okrug qoʻmondonligining pul mukofotlari hamda tashakkurnomalar topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati