Harbiy-ma’muriy sektor rahbari okrugdagi harbiy qismlarda boʻldi

0
3967

Samarqand viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Erkinjon Turdimov harbiy xizmatchilarni yashash sharoitlarini oʻrganish va muammoli masalalarga ijobiy yechim topishda ko‘maklashish maqsadida Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonidagi harbiy qism va muassasalarida boʻldi.

Okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farrux Ziyabayevning hamrohligida oʻtgan oʻrganishlar davomida harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini oshirish, ularning xizmat faoliyatini olib borishi uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilash va oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganib chiqildi.

Shuningdek, “Sazagan” dala-oʻquv maydonida yangicha usul va uslublarda jangovar mashgʻulotlarni muntazam olib borish uchun qulay sharoitni yaratish masalalari oʻrganildi.

Bundan tashqari, mehmonlar Samarqand garnizonida joylashgan Qurolli Kuchlar kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida ham boʻlib, kichik mutaxassislarni har tomonlama salohiyatli va yuksak bilimga ega boʻlishi uchun qulay imkoniyatlar hamda sharoitlarni yaratish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati