Harbiy qismda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

0
1426

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Jizzax garnizonida joylashgan harbiy qismda “O‘chiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

“Buyuk ajdodlarimiz merosi” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda Jizzax viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash markazi shaxsiy tarkibi, Jamoatchilik kengashi Jizzax viloyat boʻlimi hamda nafaqadagi harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad, yoshlarda vatanparvarlik tuygʻularini rivojlantirish, Vatanga muhabbat, harbiy xizmatga qiziqishlarini oshirishdan iborat.

Markaz chaqiriluvchilari harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy qurol-yarogʻlar hamda ajdodlarimiz Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi temaktik oʻquv sinflari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida “Milliy armiyamiz chinakam mardlik, fidoyilik va vatanparvarlik maktabi” mavzusida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda yoshlarning muammolari oʻrganilib, joyida hal qilindi va tegishli masʼullarga vazifalar qoʻyildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting