Harbiy merosni o‘rganish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

0
835

Axborot va ommaviy komunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida “Harbiy tadqiqotlar, harbiy merosni oʻrganish va takomillashtirish, harbiy tadqiqotlar institutida ilmiy maktab yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan” matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida mudofaa vazirining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi polkovnik Otabek Yuldashev, Institutning Harbiy xavfsizlik muammolarini tadqiq qilish markazi boshligʻi polkovnik Azizjon Toirov, markaz boshligʻi polkovnik Xusanali Pardayev, tarix fanlari nomzodi, dotsent, katta ilmiy xodim Azada Raxmatullayeva spiker sifatida Respublika axborot agentliklari va ommaviy axborot vositalari vakillarining mavzuga oid masalalari boʻyicha savollariga javob berdilar.

Maʼlumot uchun, hozirga kelib mazkur Institut tadqiqot yoʻnalishlari boʻyicha tajribali mutaxasisslar bilan butlangan. Institut faoliyati davrida tadqiqotchilar tomonidan bir qator ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, soha yoʻnalishi boʻyicha nufuzli milliy va xorijiy oliy taʼlim muassasalari va tadqiqot markazlari bilan memorandumlar imzolandi va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Institut bazasida Idoralararo ishchi guruhi tuzilgan boʻlib, ushbu guruh tomonidan milliy harbiy merosni tizimli oʻrganish va ommalashtirish Konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida respublikamizda milliy meros yoʻnalishida ilmiy maktab va ilmiy markazlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Institut ilmiy xodimlari tomonidan hozirgi kunga qadar (2021-yil dekabr – 2023-yil iyul) Nizom va Konsepsiya loyihalari, turli monografiyalar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, darsliklar, risolalar, ilmiy jurnallar va tahliliy toʻplamlar ishlab chiqilib, qoʻshinlar faoliyati hamda OHTMlarining oʻquv-ilmiy va tarbiyaviy jarayonlariga tatbiq etilmoqda.

Matbuot anjumani davomida spikerlar jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdilar.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting