Merganlar mahorati oshirildi

0
3777

Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilari ishtirokida “Angren” dala oʻquv maydonida navbatdagi amaliy oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Oʻquv rejasida ushbu mashg‘ulot davomida oʻgʻlonlarning merganlik mahoratlari oshirish, jang olib borishning zamonaviy usul va uslublaridan kelib chiqqan holda yangicha yondoshuvlar amaliyotga joriy etish belgilangan.

Bunda dastlab, ikki taraflama jang tamoyili asosida merganlar harakati va belgilangan otish marrasini egallash mashgʻulotlari oʻtkazildi. Zamonaviy kuzatuv moslamalariga ega kuzatuvchilar tayinlanib, 2 ming metr masofa kuzatuvga olindi. Oʻquv rejasiga koʻra, mazkur hududda merganlar 1000 metr masofada harakatlanib otish marrasini egallashi talab etiladi. Bir vaqtning oʻzida kuzatuvchi va merganlarning amaliy harakatlari baholab boriladi.

Oʻquv mashgʻulotining ikkinchi bosqichida merganlar xotirasini rivojlantirish mashqlari oʻtkazildi. Unda kuzatuvdagi hududni barcha elementlarini eslab qolish koʻnikmasini oshirish uchun bir daqiqada 25 ta moʻljal koʻrsatiladi. Ikki daqiqa davomida esa merganlar turli savollar bilan chalgʻitilib, ulardan soʻngra bir daqiqa davomida avval koʻrsatilgan 25 ta moʻljalni o‘z joyiga qayta joylashtirish talab etiladi. Bu orqali yurt posbonlarining eslab qolish qobiliyati sinovdan oʻtkaziladi. Xotira mashqlari orqali yangi bilim va koʻnikmasi oshiriladi.

Mashgʻulotning uchinchi bosqichida esa berilgan hududda merganning niqoblanish koʻnikmalari oshiriladi. Xususan, hududning kelib chiqishiga muvofiq har xil elementlardan foydalangan holda niqoblanishi talab etiladi.

Ortda qolayotgan 21 kun mobaynida sohaning barcha sir-asrorlari, yangi yondoshuvlar asosida amaliy tajriba puxta oʻzlashtiriladi.

Abror Toshmatov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting