Vazifalar belgilab olindi

0
1558

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasida Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralarning 2023-yilning 6 oyida qonuniylik, huquq-tartibot ahvoli, huquqbuzarliklarning oldini olish va harbiy intizomni mustahkamlash borasidagi faoliyati yuzasidan muvofiqlashtiruvchi kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda harbiy prokuratura, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, DXX Chegara qoʻshinlari, IIV Qorovul qoʻshinlari hamda Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlar qoʻmondonliklari vakillari hamda masʼul ofitserlari ishtirok etdi.

Yigʻilishni Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi oʻrinbosari adliya polkovnigi Otabek Xolboyev olib bordi.

Muhokamada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, harbiy xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, huquq va manfaatlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish yoʻnalishlaridagi chora-tadbirlar natijalari sarhisob qilindi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ijtimoiy himoyasini taʼminlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida kamol toptirish borasidagi ishlarni jadallashtirish boʻyicha aniq tavsiyalar bildirildi.

Videokonferens aloqa shaklida oʻtkazilgan yigʻilish yakunida ishtirokchilar tomonidan aytilgan takliflar inobatga olinib, koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Sherzod SHARIPOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting