Islohotlarning mohiyati toʻgʻrisida davra suhbati boʻlib oʻtdi

0
1172

Barchamizga maʼlumki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda jadal islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Taʼlim, iqtisodiy-siyosiy va harbiy sohalarda ham qisqa muddat ichida amalga oshirilgan ijobiy ishlarni dunyo hamjamiyati eʼtirof etyapti.

Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahridagi harbiy qism madaniyat markazida harbiy xizmatchilar ishtirokida oʻtkazilgan davra suhbatida yurtimizda harbiy sohada amalgan oshirilayotgan yangiliklar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. 

Tadbir avvalida harbiy xizmatchilar uchun mavzuga oid videoroliklar namoyish etildi, Yoshlar parlamenti raisi oʻrinbosari Otabek Sobitov soʻzga chiqib, 2030-yilga qadar malakatimizning barcha sohalarida amalaga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar togʻrisida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.

Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Jurʼat Yaqubov esa Qurolli Kuchlar Oliy bosh qoʻmondoni tomonidan olib borilayotgan amaliy islohotlarga toʻxtalib, harbiy xizmatchilar va ularning olila aʼzolari, farzandlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanish boʻyicha tavsiyalar berdi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan davra suhbatida harbiy xizmatchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan toʻlaqonli javob olishdi. Bu kabi tadbirlarning oʻtkazilishi harbiy xizmatchilar huquqiy savodxonligini oshirishda va maʼnaviy ozuqa olishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting