Termiz poligonida jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi

0
1795

Har bir harbiy xizmatchi muntazam ravishda o‘z ustida ishlab, bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishi lozim. Dala-o‘quv maydonlari va harbiy qism hududlarida o‘tkazilayotgan jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari esa bu borada yurt o‘g‘lonlari uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi.

Xususan, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugga qarashli Termiz, Kakaydi va Xayraobod garnizonlaridagi harbiy qismlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Shu kunlarda harbiy xizmatchilar o‘z nazariy bilimlarini Termiz umumqo‘shin dala poligonida amaliyotda mustahkamlayapti.

Chindan ham harbiy qismda o‘quv mashg‘ulotlariga jiddiy e’tibor qaratiladi. Xususan, harbiy xizmatchilar bilan turli yo‘nalishlar bo‘yicha, jumladan, aloqa tayyorgarligi, zirxli transport vositalariga operativ ravishda joylashish, guruh qurollarini qisqa vaqt ichida jangovar holatga keltirish, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish, desant tayyorgarligi kabi o‘quv mashg‘ulotlari muntazam ravishda o‘tkazilib boriladi.

Darhaqiqat, poligonda yaratilgan shart-sharoitlar, qolaversa, muntazam ravishda o‘tkazilib kelinadigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar natijasida yurt o‘g‘lonlarining  bilim va ko‘nikmalari, jangovar tayyorgarlik va jangovar shaylik darajasi yanada ortib bormoqda.

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting