Samarqandda harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Tarix bilimdoni” aniqlandi

0
1465

Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi garnizonlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarda mamlakatimiz va Vatan ozodligi yoʻlida qahramonlik koʻrsatgan buyuk ajdodlarimiz tarixini oʻrganish, shuningdek, ularda milliy ruh, milliy gʻurur tuygʻularini shakllantirish, intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida ular oʻrtasida “Tarix bilimdoni” tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalardan zehnli va iqtidorli harbiy xizmatchilar ishtirik etdi.

Ushbu tanlovdan koʻzlangan asosiy maqsad — harbiy xizmatchilarning maʼnaviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuklastirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy tariximizni chuqur oʻrganishga boʻlgan qiziqishini oshirish erkin fikrlash tafakkurini yuksaltirishdan iborat.

Tanlov quyidagi shartlar asosida baholandi: 1-shart “Blits savollar” deb nomlandi va bu shartda jahon va Oʻzbekiston tarixi hamda harbiy sanʼati tarixiga oid savollar bilan harbiy xizmatchilar sinovdan oʻtkazildi. 2-shart esa “Test savollari” boʻlib, ekspertlar tomonidan tavsiya etilgan 20 ta test savollariga javob berildi. “Suratdagi tarix” nomli uchinchi shartda oʻzbek xalqi va davlatchiligi tarixiga oid obidalar, mudofaa inshootlari hamda harbiy qurol-aslahalarning suratiga qarab ular toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berish talab etildi.

Tanlov yakunida faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilar munosib taqdirlanib, bellashuvlarning vazirlik bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting