Navoiyda “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining navbatdagi mavsumi boshlandi

0
1338

Navoiy garnizonidagi harbiy qismda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi hamda viloyat maʼmuriy sektori rahbarlari bilan hamkorlikda turli hududlaridan yigʻilgan uyushmagan yoshlar uchun “Armiya — vatanparvarlik va jasorat maktabi” shiori ostidagi “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻinining navbatdagi mavsumi boshlandi.

Yigʻinning tantanali ochilish marosimida Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Navoiy viloyati hokimligi va sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdi.

Dastlab yoshlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularga harbiy liboslar berildi. Tantanali marosimda soʻz olganlar yoshlarni tarbiyalashda yangicha tizim joriy etilgani va ayni damda buning ijrosi butun respublikamiz boʻylab amalda taʼminlanayotganini, mazkur yigʻin yoshlar uchun kutilmagan koʻp imkoniyatlar va sharoitlar yaratib berishini taʼkidladi.

Tadbirda yoshlar qalbida ona Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuygʻusini har tomonlama kuchaytirish maqsadida namoyish etilgan sahna koʻrinishlari, harbiy orkestr jamoalarining chiqishlari hamda harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan qoʻl jangi chiqishlari yoshlardagi harbiylikka boʻlgan qiziqishni yanada oshirdi.

“Jasorat maktabi” oʻquv yigʻinining tashkillashtirishda faol ishtrok etgan Yoshlar ishlari agentligi hamda Faxriylar kengashi aʼzolari okrug qoʻmondonligi tomonidan munosib taqdirlandi.

Eslatib oʻtamiz yigʻin davomida yoshlar 10 kun muddatda jangovar, sport oʻyinlari, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik hamda kasbga yoʻnaltirish boʻyicha mashgʻulotlarda ishtirok etadi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting