Xalqaro “Aybin” harbiy-vatanparvarlik yig‘ini sovrindorlari tantanali kutib olindi

0
873

Xabaringiz bor, joriy yilning 17-23-iyun  Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi “Spassk” o‘quv markazida IX xalqaro “Aybin” harbiy-vatanparvarlik yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tkazilgan musobaqada ilk bor ishtirok etgan Mudofaa vazirligi  “Vatan tayanchi” harakati a’zolari kuchli uchlikdan o‘rin oldi.

Kuni kecha Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida hamyurtlarimiz tantanali kutib olindi. Tantanali marosimda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, harbiy orkestr jamoasi, faxriylar, harbiy sportchilar va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Yig‘in ishtirokchilarini mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev erishilgan natija bilan qutladi.

Eslatib o‘tamiz, Musobaqalar yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida Qozog‘iston Respublikasi — I o‘rin; O‘zbekiston Respublikasi — II o‘rin; Ozarbayjon Respublikasi — III o‘rinni egalladi. Jamoamizning to‘qqiz nafar a’zosi esa shaxsiy yo‘nalishda ham musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting