“Vatan tayanchi” harakati a’zolari xalqaro musobaqada kuchli uchlikdan o‘rin oldi

0
2678

Joriy yilning 17-23-iyun kunlari Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi «Spassk» o‘quv markazida “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlik yig‘ini bo‘lib o‘tdi.

Yig‘inda ilk bor Mudofaa vazirligi “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati rahbari polkovnik Bahrom Zulfiqorov boshchiligidagi harakat a’zolari ishtirok etib, yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.

Xalqaro yoshlar ishtirokida bir necha kun davom etgan yig‘in doirasida harbiy-amaliy ko‘pkurash musobaqalari o‘tkazilib, yigit-qizlar o‘rtasida o‘zaro do‘stona raqobat muhiti yaratildi. Jumladan, yig‘in ishtirokchilaridan iborat 43 ta jamoa vakillari harbiylashgan estafeta, arqon tortish, qurolni noto’liq holda sochib-yig’ish, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish vositalaridan foydalanish, pnevatik miltiqda o‘q otish, turnikda tortilish hamda intellectual savodxonlik va badiiy havaskorlik yo‘nalishlarida murosasiz bahslar olib borishdi.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra umumjamoa hisobida o‘rinlar quyidagicha: Qozog‘iston Respublikasi — I o‘rin;
O‘zbekiston Respublikasi — II o‘rin;
Ozarbayjon Respublikasi — III o‘rin.

Yig‘in o‘tkazilgan keng ko‘lamli madaniy dam olish dasturlari, suhbat va uchrashuvlar hamda sport musobaqalarida ertamiz egalariga tengdoshlari bilan xalqaro miqyosda tajriba almashish imkonini bergani bilan ahamiyatli bo‘ldi.   

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting