Samarqand va Jizzaxda “Harbiy qismda bir kun” loyihasi o‘tkazildi

0
1300

“Yoshlar oyligi” doirasida Markaziy harbiy okrugning Samarqand hamda Jizzax garnizonidagi harbiy qismlarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashlari bilan hamkorlikda “Tinchlik,  taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostida “Harbiy qismda bir kun” loyihasi o‘tkazildi. Unda professional ta’lim muassasalari talabalari va harbiylashtirilgan nodavlat ta’lim maktablaridan jami 100 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

Samarqand garnizonidagi harbiy qismda o‘tkazilgan loyiha doirasida yoshlarga dastlab qurol-aslaha va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi va yaratilgan sharoitlar ko‘rsatilib, buyuk ajdodlarimizning boy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan mashg’ulotlat tashkil etildi.

 

Qurolli kuchlar faxriylari va harbiy qism komandiri bilan o‘tkan uchrashuvda esa yoshlarga oliy harbiy bilim yurtlariga o‘qoshga kirish va  harbiy xizmat o‘tash tartibi bo’yischa ma’lumotlar berildi. Uchrashuvda faollik ko‘rsatgan bir guruh yoshlarga harbiy qism komandirining esdalik sovg’alari topshirildi.

Jizzax garnizonidagi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismda o’tkazilgan loyiha doirasida yoshlar uchun samolyot va vertolyotlar ko’rgazmasi, sport musobaqalari, harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishi, qiziqarli viktorina va o’yinlar o‘tkazildi.

Loyiha yakunida o‘tkazilgan tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etgan yoshlarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda harbiy qism qo‘mondonligining diplom va sovg‘alari topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting